Quyosh hali bunchalik yaqindan tasvirga olinmagan (video)
Yevropa kosmik agentligi (ESA) Quyoshning 4K-videosini e’lon qildi. Tasvirni Solar Orbiter zondi olgan.
Zond 2022-yilning 26-mart kuni Quyoshga eng yaqin (0,32 a.b.) masofaga bordi.
Video olingan payti Merkuriy orbitasi ichkarisida bo‘lgan zondning issiqlik ekrani 500°C gacha qizib ketgan.
Tasvirga olishda ekstremal sharoitga moslangan, Quyoshni 17 nm to‘lqin uzunligida (Quyosh tojida million darajagacha issiqlikda gazdan taraladigan to‘lqin uzunligiga teng) ko‘rsatuvchi ultrabinafsha teplovizordan foydalanildi.
Solar Orbiter — ESA va NASA hamkorligida ishlab chiqilgan, Quyoshni o‘rganish uchun 2020-yil fevralida uchirilgan avtomat kosmik apparat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter