Qozog‘istonda SMS orqali pensiyaga chiqarish boshlandi
«Zakon.kz» yozishicha, Qozog‘istonda fuqarolarni SMS orqali pensiyaga chiqarish boshlandi. Hozircha loyiha «Fuqarolar uchun hukumatlar» ishchilari o‘rtasida tatbiq etilyapti — tashkilotda 22 ming kishi ishlaydi.
Xizmat hozircha loyiha bosqichida bo‘lib, «Fuqarolar uchun hukumatlar» davlat korporatsiyasi tomonidan tatbiq etilyapti.
Ilgari bo‘lg‘usi penisonerlar albatta aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga borishlari va qator hujjatbozliklarni boshdan o‘tkazishlariga to‘g‘ri kelardi.
Endi esa, Jamoatchilik bilan ishlash departamenti direktori Murat Jumanboyning ta’kidlashicha, pensiya yoshiga 10 kun qolgan kishiga xizmatni proaktiv yo‘l bilan rasmiylashtirish haqida SMS-xabar keladi. Bunga rozilar «ha» so‘zini qaytarib jo‘natib yuborsa kifoya.
«Albatta, proaktiv xizmatdan foydalanish uchun fuqaro o‘z mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlarni Mehnat shartnomalari yagona tizimiga oldindan taqdim etgan bo‘lishi shart», — qo‘shimcha qiladi Jumanboy.
Loyiha sinovdan o‘tsa, boshqa tashkilotlarda ham joriy etishga kirishiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter