Qo‘qon shahrida Raqamli texnologiyalar markazi ochildi
Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari barpo etilmoqda.
Shu munosabati bilan Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida «O‘zbektelecom» AK Farg‘ona filiali binosida Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi ochildi. Ushbu markaz viloyatdagi to‘rtinchi markaz bo‘lib bugungi kunga qadar viloyatning Marg‘ilon shahri va Dang‘ara, So‘x tumanlarida takshil etilib foydalanishga topshirilgan.
Ochilish marosimi keng jamoatchilik, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi korxona va tashkilotlari vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida tashkil etildi.
Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi hamda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanib, yoshlarga barcha kerakli sharoitlar yaratib berdi.
O‘quv markazida yiliga Qo‘qon shahrining uch mingga yaqin yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish va bu sohada mutaxassislarni tayyorlash hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbar va xodimlarining malakasini oshirish maqsad qilib belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter