Qo‘qondagi korxonada ammiak sizib chiqishi sodir bo‘ldi

Qo‘qondagi korxonada suyuq ammiak yorilish oqibatida tashqariga sizib chiqdi.
Qo‘qon shahridagi ""Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals" korxonasi ma’muriyatining bergan ma’luotlariga ko‘ra suyuq ammiak moddasini vagondan maxsus idishga o‘tkazilayotgan vaqtda shlangda yorilish hosil bo‘lib, taxminan 10% ammiak zavod hududiga sizib chiqqan.
Shu munosabat bilan voqea joyiga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, IIB, FVV hodimlari yetib borgan.
"Barcha fuqarolar va zavod ishchilari voqea joyidan favqulodda boshqa joyga ko‘chirilgan. 10 yaqin inson Tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Ayni damda zavodga olib boradigan yo‘llar yopilib fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan. Barcha kuch va texnik vositalar favqulodda holatni bartaraf etdi", deyiladi viloyat Milliy gvardiyasining Xabar.uz’ga bergan ma’lumotida.
Hozircha vaziyat yuzasidan boshqa izoh yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter