«O‘zbektelekom» AK bosh direktoriga yangi maslahatchi tayinlandi
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Timur Mashrabjonovich Mamajonov tayinlandi.
Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi asosida amalga oshirildi.
Timur Mamadjanov 1982-yil Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. Namangan Davlat universiteti bakalavriatini (2011-y.), Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistraturasini (2013-y.) tamomlagan.
T.Mamadjanov ommaviy axborot vositalaridagi ish faoliyatini 2009-yilda boshlagan. Shu davr ichida «Namanganskaya pravda», «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye», «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyatlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalari bosh muharririning o‘rinbosari lavozimida ishlalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter