Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyliklar mast haydovchi rulga o‘tirsa, o‘rnidan qo‘zg‘almaydigan avtomobil yaratdi

Xitoyliklar mast haydovchi rulga o‘tirsa, o‘rnidan qo‘zg‘almaydigan avtomobil yaratdi

Foto: «Korrespondent.net»

«SF Motors» avtomobilsozlik kompaniyasi 1000 ot kuchiga ega SF5 krossoverini yaratdi. Mazkur avtomobilning akkumulyatori bir marta quvvatlanish orqali 500 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir, deb xabar berdi «Korrespondent.net».

Xitoyning «SF Motors» kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan krossoverning o‘ziga xos jihati — uni mast haydovchi joyidan jildira ham olmaydi.

Muhandislar ushbu tizim aynan qay yo‘sinda ishlashi haqida batafsil ma’lumotlarni ochiqlamadi. Biroq ta’kidlanishicha, ular haydovchining chiqarayotgan nafasini kuzata oladigan datchikdan foydalangan.

Avtomobil bir marta quvvatlanishda 500 kilometr masofani bosib o‘tishga yaraydigan akkumulyator bilan jihozlangan.

«SF5» 2019-yildan boshlab ishlab chiqariladi. Krossover 100 km/soat tezlikka uch soniyada chiqa oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring