«Hyundai» ichida karaokesi bor haydovchisiz boshqariladigan avtomobilni taqdim etdi
«Hyundai» kompaniyasi haydovchisiz boshqariladigan «Nexo» vodorod krossoverini taqdim etdi. Mazkur avtopilot namoyish vaqtida Seuldan Pxenchxanga qadar 190 kilometr masofani bosib o‘tdi, deb xabar berdi «Motor».
Sinov vaqtida vodorod avtomobil haydovchisiz boshqariladigan rejim holatida soatiga 100 — 110 kilometr tezlikda harakatlangan. Barcha mashinalar «SAE» klassifikatsiyasi bo‘yicha «Level 4» avtonom boshqaruv tizimi, shuningdek, 5G mobil aloqa texnologiyasi bilan jihozlangan.
«Hyundai» avtopiloti transport vositalarini turlarga ajratishga, harakat oqimini qo‘llab-quvvatlashga, harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga, oldindagi avtomobillarni quvib o‘tishga qodir.
Haydovchisiz boshqariladigan «Nexo» krossoveri jamlanmasidan «aqlli» uylar bilan aloqani ta’minlashga qodir tizim, karaoke, ovozli virtual yordamchi, yo‘lovchining fiziologik holatini nazorat qiluvchi funksiya va shovqinni bostiruvchi tizim o‘rin olgan.
«Hyundai» avtomobillarning to‘rtinchi avlodi ilk nusxalari 2021-yildan «aqlli» shaharlarda paydo bo‘ladi. Joriy yildagi CES taqdimotida namoyish etilgan «Hyundai Nexo» 163 kuchga ega elektromotor va yoqilg‘ida harakatlanuvchi blok bilan jihozlangan bo‘lib, u bir marta quvvatlanganida 590 kilometrni bosib o‘tishga qodir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter