Avtopilot uddalay olmadi. «Tesla Model S» elektrokari jiddiy avariyaga uchradi
Amerikaning Yuta shtatida «Tesla Model S» sedani svetofor yaqinida turgan o‘t o‘chiruvchilar mashinasiga borib urildi. Mashina haydovchisining Yuta shtati politsiyasi xodimlariga so‘zlashicha, avtomobil avtopilot rejimida ishlayotgan bo‘lgan, deb xabar berdi «NV.ua».
Shuningdek, to‘qnashuv sodir bo‘lgan vaqtda elektrokarda ayol telefoniga qarab o‘tirgan bo‘lgan va mashina tezligi taxminan soatiga 97 kilometr bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi. Politsiya serjanti Sem Uinkerning aytishicha, YTH oqibatida elektrokarning old qismiga jiddiy shikast yetgan va haydovchining oyog‘i singan.
Politsiya mazkur avariya tafsilotlarini tekshirishni davom ettiradi va «Tesla» bilan birgalikda «Model S» elektrokarlari kompyuterlaridan transport vositasi haqida batafsil ma’lumotlarni yig‘adi. YTHga guvoh bo‘lgan insonlarning so‘zlariga qaraganda, «Model S» svetofor yonida turgan yuk mashinasining orqasiga to‘qnashayotganida sekinlashmagan yoki chekinmagan.
Ushbu avariyaga «Tesla» rahbari Elon Mask izoh berib ham ulgurdi.
«Avariyaning hayratli jihati shundaki, «Model S» soatiga 97 kilometr tezlikda harakatlib YTHga uchrasada, haydovchining faqatgina oyog‘i singani. Odatda bu kabi tezlikda to‘qnashuv sodir bo‘lsa, og‘irroq jarohat olinadi yoki haydovchi halok bo‘ladi», — deb yozdi Mask o‘zining blogida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter