Rossiyaning eng ommabop krossoverlari reytingi e’lon qilindi

«Avtostat» tahliliy agentligi Rossiyada eng ommabop krossover mashina turlarini aniqladi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Reytingda «LADA 4x4» rusumli yo‘ltanlamas mashina yetakchilik qilyapti. Ayni paytda Rossiyada 1 million 173,5 ming dona ana shunday mashina bor.
Ikkinchi o‘rinni «Chevrolet Niva» band etgan. Bu mashina ixlosmandlari 587,6 mingni tashkil etadi. Uchinchi o‘rin esa «Toyota RAV4»ga nasib etgan. Bu tur 377,6 mingta mashina bor.
Dastlabki beshlikka, shuningdek, «Renault Duster» (345,9 mingta) va UAZ-3151 (311,2 mingta) markali mashinalar kirgan.
Shu bilan birga, birinchi o‘ntalikka «Nissan X-Trail», «Nissan Qashqai», «Mitsubishi Outlander», «Honda CR-V» va «Volkswagen Tiguan» rusumli krossoverlar kirgan.
2018 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Rossiyada 9,5 million dona yo‘ltanlamas mashina bor. Bu krossoverlar mamlakatdagi yengil avtomashinalarning 22 foizini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter