Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Maserati» dunyodagi eng tezkor krossoverni taqdim etdi

«Maserati» dunyodagi eng tezkor krossoverni taqdim etdi

«Levante Trofeo» krossoveri.

Foto: «NV.ua»

Nyu-Yorkdagi avtoshouda «Maserati» kompaniyasi 100 kilometr tezlikka 3,7 soniyada erisha oladigan «Levante Trofeo» krossoverini taqdim etdi. Avtomobil yaratuvchisi bu kabi natijaga erishish uchun krossoverga «Ferrari»ning 3,8 litrli V8 dvigatelini o‘rnatdi, deb xabar berdi «NV.ua».

Motor 590 ot kuchiga ega bo‘lib, sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi hamda to‘liq uzatma bilan birgalikda ishlaydi. Krossoverning maksimal tezligi soatiga 300 kilometrni tashkil etadi.

«Trofeo»ning faqat dvigateli o‘ziga xos bo‘libgina qolmay, yangi «Levante» og‘irligi 50:50 nisbatda va «Corsa» (poyga) rejimiga ega. «Corsa» uzatmalarni va avtomobilning pnevmatik zanjirini tezda almashtirish imkoniyatni taqdim etadi.

«Levante Trofeo» eng zamonaviy boshqaruv tizimi — Integrated Vehicle Control (IVC) bilan jihozlangan. Taxminlarga ko‘ra, mazkur boshqaruv tizimining «Maserati» dvigateli bilan integratsiyalashuvi haydovchining ayrim xatoliklarini bartaraf etadi.

Krossover salonining oldiga sport o‘rindiqlari joylashtirilgan. Yangi rul va qurilmalar paneli o‘rnatilgan. Avtomobilning rasmiy narxi va AQShdan boshqa mintaqalarda qachondan boshlab sotuvga chiqishi borasida hozircha rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring