«Hitachi» kompaniyasi sun’iy tafakkurli birinchi bankomatni chiqaradi
Yaponiyaning «Hitachi» kompaniyasi tez orada tovlamachilarga qarshi kurashishda qo‘l keluvchi sun’iy tafakkur va yuzni tanish tizimiga ega bankomat chiqarmoqchi.
Bu bankomatda neyrotarmoq kishining tashqi ko‘rinishini baholaydi: yuz tuzilishini bank bazasidagi fotosuratiga solishtiradi. Tizim, shuningdek, foydalanuvchidan (bo‘lsa, albatta) qora ko‘zoynagi, sharfi yoki bosh kiyimini yechishini ham so‘rashi mumkin: rad javobiga rad javobi beriladi — naqd pul berilmaydi.
Qurilma politsiya bazalariga ulanadi, tovlamachilar tanilib qolmaslik uchun bunday bankomatlarga yaqinlashishmasa ham kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter