«Hitachi» kompaniyasi sun’iy tafakkurli birinchi bankomatni chiqaradi
![«Hitachi» kompaniyasi sun’iy tafakkurli birinchi bankomatni chiqaradi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_190143101.jpg)
Yaponiyaning «Hitachi» kompaniyasi tez orada tovlamachilarga qarshi kurashishda qo‘l keluvchi sun’iy tafakkur va yuzni tanish tizimiga ega bankomat chiqarmoqchi.
Bu bankomatda neyrotarmoq kishining tashqi ko‘rinishini baholaydi: yuz tuzilishini bank bazasidagi fotosuratiga solishtiradi. Tizim, shuningdek, foydalanuvchidan (bo‘lsa, albatta) qora ko‘zoynagi, sharfi yoki bosh kiyimini yechishini ham so‘rashi mumkin: rad javobiga rad javobi beriladi — naqd pul berilmaydi.
Qurilma politsiya bazalariga ulanadi, tovlamachilar tanilib qolmaslik uchun bunday bankomatlarga yaqinlashishmasa ham kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter