Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bankomatlardan naqd pul yechish foizi oshirilgani rostmi? Izoh

Bankomatlardan naqd pul yechish foizi oshirilgani rostmi? Izoh

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga tegishli bankomatlarda naqd pul yechilganda komissiyalar miqdori oshirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Bank axborot xizmati xabar berishicha, «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda mahalliy kartalaridan naqd pul berish summadan 1 foizni, xalqaro to‘lov kartalaridan (shu jumladan, kobeydjing bank kartalari) naqd pul berish summadan 1,5 foizni tashkil etadi.

Ushbu tariflar «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2023 yil 26 avgustdagi Boshqaruv qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda komissiya miqdorini oshirish bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan. (Amaldagi tariflar bilan shu havolada tanishish mumkin).

Aksincha, hozirgi paytda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan ish haqi loyihasi doirasida chiqarilgan xalqaro kartalardan bankning o‘z protsessing markaziga ulangan bankomatlar orqali naqd pul yechish summadan 0,4 foizni tashkil qilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring