Bank g‘aznachisi bankomatdan 212 mln so‘mni «tuya» qilgani aniqlandi
Quvasoy shahrida bankomatdagi pullarni talon-toroj qilgan g‘aznachi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» Quvasoy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu bank filiali g‘aznachisi X.R. o‘ziga biriktirilgan bankomatni naqd pul bilan to‘ldirish hamda seyf qismidagi kassetalarni olish uchun ruxsat berilganidan foydalanib, joriy yilning may-iyun oylarida jami 212,8 mln so‘mni yaqin qarindoshi S.Sh. hamda o‘zining plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter