Hindistonda vodorodli avtobus ishlab chiqarildi
Hindistonda birinchi vodorodli avtobus ishlab chiqarildi. Avtobus 22-avgust kuni Puna shahrida mamlakat fan va texnologiyalar vaziri Jitendra Singx ishtirokida yo‘lga qo‘yildi.
Vazirning aytishicha, vodorodli yuk mashinalari va avtobuslarning ekspluatatsiya xarajatlari dizelda yuruvchi mashinalarnikiga nisbatan kam. Shu bois transport vositalarida vodorodning paydo bo‘lishi mamlakatda «inqilobiy» o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
«Bosh vazir Narendra Modi vodorodli yonilg‘ini rivojlantirish dasturini ilgari surmoqda. Bundan maqsad iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishda va ekologik toza energiya sohasida Hindistonning mustaqilligiga erishish hamda ko‘plab ish o‘rinlari yaratishdir», — qo‘shimcha qildi Singx.
Hindistonning vodorodli avtobusi mamlakat fan va sanoat tadqiqotlari kengashi va KPIT kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter