Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda vodorodli avtobus ishlab chiqarildi

Hindistonda vodorodli avtobus ishlab chiqarildi

Foto: The Economic Times

Hindistonda birinchi vodorodli avtobus ishlab chiqarildi. Avtobus 22-avgust kuni Puna shahrida mamlakat fan va texnologiyalar vaziri Jitendra Singx ishtirokida yo‘lga qo‘yildi.

Vazirning aytishicha, vodorodli yuk mashinalari va avtobuslarning ekspluatatsiya xarajatlari dizelda yuruvchi mashinalarnikiga nisbatan kam. Shu bois transport vositalarida vodorodning paydo bo‘lishi mamlakatda «inqilobiy» o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

«Bosh vazir Narendra Modi vodorodli yonilg‘ini rivojlantirish dasturini ilgari surmoqda. Bundan maqsad iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishda va ekologik toza energiya sohasida Hindistonning mustaqilligiga erishish hamda ko‘plab ish o‘rinlari yaratishdir», —  qo‘shimcha qildi Singx.

Hindistonning vodorodli avtobusi mamlakat fan va sanoat tadqiqotlari kengashi va KPIT kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring