«Chrome»da o‘z-o‘zidan yuklanib ketadigan roliklar ovozini butunlay o‘chirib qo‘yish yo‘llari
Biror-bir saytga kirganingizda videoroliklar avtomatik tarzda yuklanib ketyaptimi? «Layfxaker» ularning ovozini o‘chirib qo‘yish usuli bilan tanishtiradi.
Ko‘pincha biror-bir saytga kirilganida, ovozli video o‘z o‘zidan ishga tushib, foydalanuvchining asabini buzadi va qimmatli vaqtini o‘g‘irlaydi. Endilikda «Chrome» brauzeri foydalanuvchilari bu kabi resurslardagi ovozni butunlay o‘chirib tashlashlari mumkin.
Avvallari brauzerdagi istalgan ilovada ovozni o‘chirib qo‘yishning imkoni bo‘lardi, biroq u yopilganidan so‘ng, baribir yana boshqatdan yuqorida ishni takrorlashga to‘g‘ri kelardi. «Chrome 64» chiqqanidan keyin saytdagi ovozni bir marta o‘chirib qo‘yish orqali bularning barchasiga barham berish usuli ham ishga tushdi. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish darkor:
- Kerakli saytni ochasiz;
- Ilovaga sichqonchaning o‘ng tugmachasi yordamida «Sayt ovozini o‘chirish» belgisini tanlaysiz;
- Resursdagi ovozlarni o‘z joyiga qaytarish uchun esa, yana bir bor ilovaga bosib «Saytdagi ovozni qaytarish» belgisini bosasiz.
Mazkur yangilik alohida ilovadagi ovozlarni o‘chirib qo‘yish funksiyasi o‘rniga kelgan. Uni qaytarish uchun esa:
- Manzil satriga kirib chrome://flags tering va «Enter» tugmasini bosing;
- Qidiruv satriga #enable-tab-audio-muting so‘zlarini kiriting;
- «Enabled» bandini tanlagan holda «Tab audio muting UI control» funksiyasini faollashtiring;
- Ekranning paski o‘ng burchagidagi «O‘chirib yoqish» tugmasini bosing.
Endi ilovadagi dinamik belgisini bosib, undagi ovozlarni o‘chirib qo‘yish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter