Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chrome foydalanuvchilari uchun yangi xavf paydo bo‘ldi

Chrome foydalanuvchilari uchun yangi xavf paydo bo‘ldi

Foto: «Global Look Press»

«Red Canary» kompaniyasi Chrome brauzeridan foydalanuvchilar uchun yangi tahdid paydo bo‘lganidan ogohlantirdi.

So‘nggi oylarda butun dunyo bo‘ylab ChromeLoader zararli dasturi faollashgan, u Google brauzeri sozlamalarini shunchalik o‘zgartirib tashlaydiki, oqibatda qidiruv natijalari qatorida shubhali dasturlar, firibgarlik aksiyalari, «kattalar uchun» saytlar va boshqa nojoiz kontentlarga havola (link)lar aralashib chiqib keladi.

Qidiruv natijalarini soxtalashtirgan xakerlar foydalanuvchilarni qayta manzillash orqali pul ishlashadi: sheriklik dasturlaridan o‘z ulushlarini olib turishadi.

Aytilishicha, ChromeLoader ilovalar va o‘yinlarni buzib kirishga mo‘ljallangan utilita niqobi ostida yashiringan bo‘lib, torrent-fayl orqali tarqaladi. Windows-kompyuterlarga disk obrazi (CS_Installer.exe ijrochi faylli ISO arxivi), macOS kompyuterlarga esa DMG-fayl (Apple Disk Image) vositasida kirib oladi.

ChromeLoader ishga tushirilgach, masofadagi serverdan arxivni yuklab olib, Chrome brauzeri uchun kengaytma sifatida ishga tushiruvchi PowerShell komandasini bajaradi va dekodlaydi. Diqqatga sazovor jihati, kompyuterga virus yuqtirib bo‘linganidan so‘ng hech qanday iz qolmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring