Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShdagi parranda grippi bo‘yicha noxush holatga izoh berildi

AQShdagi parranda grippi bo‘yicha noxush holatga izoh berildi

AQShda parranda grippidan ilk bemor o‘limi kuzatilishi turli xavotirlarga sabab bo‘ldi. Ushbu voqeadan bir kun o‘tib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasi e’lon qilindi.

Unda qayd etilishicha, H5N1 virusiga chalinayotganlarning aksariyati qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlaridir. Xususan, Luiziana shtatida parranda grippidan vafot etgan bemor ham uy hayvonlari hamda yovvoyi qushlar parvarishi bilan shug‘ullangan.

U keksa yoshda bo‘lib, ba’zi yondosh kasalliklardan aziyat chekib kelgan.

JSST vakili Margaret Xarris Jenevada o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu virus haqida to‘xtalar ekan, uning epidemiyaga aylanish xavfini past, deb baholadi. 

 Shunga qaramay, kasallik o‘choqlari aniqlangan hududlarda, asosan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. 

Eslatib o‘tamiz, parranda grippining insonlarga yuqishi bilan bog‘liq holatlar Avstraliya, Kanada, Xitoy, Kambodja va Vetnamda ham ro‘yxatga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring