Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell»dan animatsion videorolik: qisqa fursatda erishilgan katta muvaffaqiyat siri

«Ucell»dan animatsion videorolik: qisqa fursatda erishilgan katta muvaffaqiyat siri

Salom do‘stlar! Mening ismim Yusuf va men sizlarga Ucell qisqa muddat ichida qanday qilib muvaffaqiyatga erishgani haqida so‘zlab bermoqchiman.

2018-yilning dekabrida Ucell kompaniyasi davlat tasarrufiga o‘tdi. Uning avvalgi egasi Telia Group bir necha yildan ortiq vaqt davomida kompaniyani rivojlantirishga sarmoya kiritishni deyarli to‘liq to‘xtatgandi.

Ucellning yangi jamoasi kompaniyaning texnik hamda moliyaviy holatini zudlik bilan qayta tiklashi kerak edi. Va ular buni uddalashdi.

Jumladan, 2018-yilning dekabridan boshlab Ucell kompaniya tarixidagi eng ko‘p 4G tayanch stansiyalarini qurdi va ularning sonini 8 martadan ko‘proqqa oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Buning samarasi o‘laroq butun O‘zbekiston bo‘ylab 4G qamrovi 2018-yilning dekabridagi atigi 9.1%dan 2021-yilga kelib 74.3% yetdi.

2019-2021-yillar davomida bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan trafik 185%ga yetdi.

2019 va 2020-yillar oralig‘ida Ucell tomonidan abonentlar uchun 285ta yangi xizmat turi hamda karantin davrida aholini qo‘llab-quvvatlash uchun 20ta ijtimoiy tashabbus joriy etildi;

Toshkent metrosida ilk marotaba Ucell abonentlari uchun sifatli mobil aloqa yo‘lga qo‘yildi. 

ICTEXPO 2019’da birinchi bor O‘zbekiston hududida Ucell kompaniyasi 5G texnologik tarmog‘ini ishga tushirdi.

Ushbu yillar davomida Ucell dilerlari soni 66,2%ga o‘sdi.

Natijada, Ucell savdo belgisi 2020-yil so‘ngida 7,9 mln. abonent bilan mobil aloqa bozorida yetakchilikni qo‘lga oldi va O‘zbekiston mobil aloqa bozorining 30,4% ulushini egallamoqda.

Ucell bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas.

Ucellning bosh maqsadi – hayotingizni yaxshi tarafga o‘zgartirish!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring