Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell World Mobile Congressʼda eng tezkor internet uchun mukofotiga sazovor bo‘ldi

Ucell World Mobile Congressʼda eng tezkor internet uchun mukofotiga sazovor bo‘ldi

Barselonada bo‘lib o‘tgan yillik xalqaro Mobile World Congress ko‘rgazmasi doirasida OOKLA kompaniyasi Ucellʼni 2024 yilning III va IV choraklari yakunlariga ko‘ra internet tezligi bo‘yicha eng yaxshi mobil operator deb e’tirof etdi

Mukofot topshirish marosimida Ucellning O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasi va raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirgan yirik sarmoyalari alohida ta’kidlandi.

So‘nggi uch yil ichida kompaniya ushbu yo‘nalishlarga 389 million dollar sarmoya kiritdi. 

Mazkur nufuzli mukofot Ucellʼning mobil tarmoq sifatini oshirish borasidagi yuksak yutuqlarini tasdiqlaydi hamda kompaniyaning O‘zbekistonda eng tezkor mobil aloqani taqdim etishga bo‘lgan doimiy intilishidan dalolat beradi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida 9,5 milliondan ortiq abonent, nafaqat yirik shaharlarda, balki mamlakatning eng olis hududlarida ham sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring