Bugundan «iPhone 12» rasman sotuvga chiqdi
6,1 dyuymli displeyga, ikki kamerali tizimga ega va beshta rangli (ko‘k, yashil, qora, oq va qizil) ega «iPhone 12» bugundan rasman sotuvga chiqdi. Dastlabki narxi 1 045 dollardan boshlanadi.
Shu bilan bir qatorda, «iPhone 12 Pro» 6,1 dyuymli displeyga va uch kamerali tizimga ega. U to‘rt rangda - grafit, oltin, kumush va ko‘k rangga ega va narxi 1 307 dollardan boshlanadi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, «iPhone 12 Mini Pro» va «iPhone 12 Pro Max» smartfonlari ma’lum vaqtdan so‘ng do‘konlarga chiqariladi. Bu smartfonlar taxminan 13-noyabrga qadar sotuvga qo‘yilmaydi.
13-oktyabrda «Apple» yangi smartfonlarini taqdim etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter