«Birinchi va oxirgi ayfon — yer bilan osmon...»: 2007 yilgisi hozirgisi bilan solishtirildi (video)
Uzoq 2007-yili odamlar «iPhone»ni birinchi marta ko‘rishgandi. Smartfonlar hozir boshqacha, ayfonlar ham o‘zgargan. «PhoneBuff» yutub-kanali Stiv Jobs taqdim etgan «iPhone» zamonidan beri 12 avlod almashgan qurilmaning tezligi qanchalik oshganini aniqlamoqchi bo‘lishdi va eng so‘nggi model — «iPhone 12» bilan tezligini solishtirishdi.
Bu smartfonlarni taqqoslashning o‘zi kulgili. Bir yadroli ilk «iPhone» — olti yadroli «iPhone 12»ga, 128 MB operativ xotira — 4 GBga qarshi!
Smartfonlarning tezligidagi farq tadqiqotchilarni hammadan ko‘p qiziqtirardi. Roboqo‘l yordamida har ikki smartfonda turli ilovalarni ishga tushirib yuborishdi.
Tezlikdagi farq, albatta, kattagina. «iPhone 12» birinchi davrani 40 soniyada «aylanib» kelgan bo‘lsa, ilk «iPhone» 1 daqiqayu 26 soniyada marraga yetib keldi. Yakuniy hisob: «iPhone 12» uchun — 1 daqiqa, «iPhone» uchun — 2 daqiqayu 29 soniya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter