Tramp Apple kompaniyasiga 25 foizlik bojlar bilan tahdid qildi

Tramp, agar AQShning iPhone smartfonlari AQShda ishlab chiqarilmasa, Apple kompaniyasini 25 foizlik bojga tortish bilan tahdid qildi.
«Men Apple kompaniyasidan Tim Kukka mamlakatda sotiladigan iPhone smartfonlari Hindistonda yoki boshqa joyda emas, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab chiqarilishi va yig‘ilishini kutayotganimni anchadan beri aytib kelaman», – deb yozadi Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Aks holda, AQSh prezidentining ta’kidlashicha, Apple kompaniyasi «25 foizdan kam bo‘lmagan» boj tarifiga o‘tkaziladi.
NASDAQ fond birjasidagi Apple aksiyalari Trampning chiqishidan so‘ng bir zumda 4 foizga tushib, har bir aksiya uchun 193,4 dollarni tashkil qildi.
Ma’lumot uchun, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi tarif urushi boshlanishidan oldin, The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Apple Amerika bozori uchun ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirgandi, ammo eng daromadli Pro va Max telefonlarini ishlab chiqarish Xitoyda davom ettirilmoqda.
WSJ nashrining yozishicha, garchi bu jarayon uzoq yillarni o‘z ichiga olsa-da, Apple smartfonlar ishlab chiqarishning bir qismini Qo‘shma Shtatlarga ko‘chirish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter