O‘zbekistonlik tadbirkor xorijda vafot etdi
Toshkent shahrida joylashgan «Kamolon osh» markazi asoschisi va rahbari Sa’dulla Saidov xorij safari vaqtida hayotdan ko‘z yumdi.
Kun.uz ma’lumotiga ko‘ra, Sa’dulla Saidov Tailandda safarda bo‘lgan. Jasad yaqin vaqt ichida Toshkentga olib kelinadi.
Sa’dulla Saidov bank sohasi mutaxassisi bo‘lgan. U bir necha yil muqaddam «Kamolon osh» markazini ochib, qisqa vaqt ichida poytaxtda katta shuhrat qozongan.
Xabar.uz tadbirkorning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter