Dunyoda eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

«Apple» kompaniyasining iPhone 12 smartfoni asosiy modeli 2021-yil birinchi choragida dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonga aylandi. Bu haqda «PhoneArena» yozmoqda.
Ko‘rsatilgan davrda iPhone 12 ulushi 5 foizni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda — iPhone 12 Pro Max (4 foiz), uchinchi o‘rinda — iPhone 12 Pro (3 foiz). Bu turkumga kiruvchi smartfonlar orasida faqat «kenja» model — iPhone 12 mini ga yetarlicha xaridor topilmadi.
Keyingi o‘rinlarda: iPhone 11, Redmi 9A, Redmi 9, Samsung Galaxy A12, Redmi Note 9, Samsung Galaxy A21S, Samsung Galaxy A31.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter