Germaniya prezidenti Urganch davlat universitetiga ham tashrif buyuradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer joriy yil 27-29-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, tashrif doirasida Frank-Valter Shtaynmayer Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi.
«Tashrif yakunida iqtisodiyot, moliya, ta’lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda» deyiladi vazirlik xabarida.
Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga safari davomida Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashib, uni O‘zbekistonga taklif etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter