Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 1,3 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik oshkor bo‘ldi: tafsilotlar

Xorazmda 1,3 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik oshkor bo‘ldi: tafsilotlar

Foto: Prokuratura departamenti.

Urganch tumanida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va novvoyxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va Urganch tumani IIB xodimlari hamkorligida “E-K." MChJga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va novvoyxona binosida o‘rganish o‘tkazilgan.

MChJ mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 512,6 ming kub metr. tabiiy gazdan o‘g‘irlik yo‘li bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,3 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring