
Bolgariya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso O‘zbekistonga keladi
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston-Slovakiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga boradi
Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

Prezident Mirziyoyevning Kuvaytga bo‘lgan ilk rasmiy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston yetakchisi Al-Kuvayt shahrida Amir Shayx Mish’al as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining a’zolari, yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston turizm salohiyati Malayziyada taqdim etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi arafasida, 3 fevral kuni ushbu mamlakatning Penang shtatida «O‘zbekiston - Buyuk Ipak yo‘li durdonasi» O‘zbekiston-Malayziya turizm forumi o‘tkazildi.

Bosh vazir amaliy tashrif bilan Olmaotada bo‘ladi
Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

Pokiston bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Shahboz Sharif ikki kunlik tashrifi davomida O‘zbekistonga tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qilishi va muhim savdo shartnomalarini imzolashi kutilmoqda.

Prezident rasmiy tashrif bilan BAAda bo‘ladi
Tashrif doirasida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga bordi (foto)
«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiylar kutib oldi.