Bir qancha prorektor ishdan olindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi bir qator oliygohlarning prorektorlari o‘z vazifalaridan ozod etildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Qo‘qon davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan lavozimidan ozod etildi.
Urganch davlat universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori universitet Kuzatuv kengashining tegishli qaroriga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan;
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan;
Nukus davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan lavozimidan olindi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan davr mobaynida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparatining 30 nafar xodimi vazifasidan ozod etildi va tashabbuskor yosh kadrlar qabul qilindi. Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalari va filiallardagi 19 ta vakant prorektor va direktor o‘rinbosarlari lavozimiga boy bilim va tajribaga ega mutaxassislar tayinlandi. 24 ta kasb-hunar maktab va texnikumga ham xorijda amaliyot o‘tab, tajriba orttirgan yosh direktorlar ishga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter