Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi sobiq prorektor bo‘yicha «Narxoz» rasmiy munosabat bildirdi

Qidiruvdagi sobiq prorektor bo‘yicha «Narxoz» rasmiy munosabat bildirdi

«Narxoz»ning sobiq prorektori qidiruvdaligi haqidagi xabarlar yuzasidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy munosabat bildirdi.

Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati fuqaro Nodir Idiyev prorektorlikka qadar «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan va aynan shu yerdagi ishlari sabab qidiruvga berilgani haqida ma’lumot bergandi.

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoq va internet sahifalarida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori bilan bog‘liq holat bo‘yicha turli xabarlar tarqatilmoqda. Hattoki, ayrim elektron nashrlar avgust oyida universitet tomonidan qidiruv e’lon qilinganligini ham yozishga ulgurdi.

Vaziyatga oydinlik kiritib o‘tamiz. Nodir Fozilovich Idiyev «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan davridagi ishlari sabab qidiruvga berilgan.

N.Idiyevga qo‘yilayotgan ayblov uning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan bog‘liq emas.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha ochiqlik tamoyili asosida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, ularni ushbu vaziyat yuzasidan (ortiqcha bo‘rttirishlarsiz) xolis axborot tarqatishga chorlab qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring