Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga olindi

Qidiruvdagi o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga olindi

2024-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1987-yilda tug‘ilgan Barno Inoyatova – «Bonu» (O‘zbekiston fuqarosi) Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Istanbul shahrida qo‘lga olindi. Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanayotgan ushbu ayol kecha, 12 avgust kuni deportatsiya qilindi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

«Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring