Videosi tarqalgan O‘zMU prorektori bo‘yicha bayonot berildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda murojaatchi ayolga qo‘pol munosabatda bo‘lgan prorektor videosi tarqaldi.
Unda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor Jabbor Muhammadiyev murojaat bilan kelgan talabaning onasini «Iflos, mol, yo‘qol bu yerdan» deya haqorat qilib haydagan.
O‘zbekiston Milliy universiteti tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, universitet prorektori bilan ro‘y bergan ushbu holat bo‘yicha adolatli qaror chiqarish yuzasidan tegishli organ tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Vaziyat to‘liq o‘rganilib, holatga huquqiy baho berilguniga qadar videoda aks yetgan prorektor o‘z vazifasidan vaqtinchalik chetlatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter