Qidiruvdagi sobiq prorektorga qanday ayb qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Idiyev qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro Nodir Idiyev prorektorlikka qadar «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan va aynan shu yerdagi ishlari sabab qidiruvga berilgan.
2021 yilning iyulida «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filiali sobiq mansabdori «Osiyo taraqqiyot banki» mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan.
Buxoro shahar jinoyat-qidiruv bo‘limi boshlig‘ining aytishicha, Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoiy ish ochilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter