yo‘qolgan qo‘ylar, chempionga bosim, yangi tayinlovlar, avtokreditlar, propiskadagi o‘zgarishlar, Buxoroga safar va haftaning boshqa xabarlari
Yakuniga yetayotgan haftada (12-18-fevral) O‘zbekiston va jahon miqyosida o‘ziga xos va muhim yangiliklar, o‘zgarishlar ro‘y berdi. Quyida ularni birma-bir yodga olib o‘tamiz.
Qo‘ylar qaytarildi, adolat qaror topdi!
Biz ham o‘z o‘rnida bu ishga bosh-qosh bo‘lgan barcha mutasaddilarga rahmat deb qolamiz. Zero, bir insonning daromad manbaidan ajralishi butun oilaning, mahallaning va hatto o‘sha hududning ijtimoiy vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini to‘g‘ri anglay bilish juda muhim.
yo‘qolgan qo‘ylar «topildi». Ammo egalari bundan bexabar
Payhongarchilik ustiga viloyat hokimi kelib qolganida faqat bu qo‘ylarni ushlamagan, shu atrofdagi bir fermerning ham qo‘ylari tutilgan. Ammo viloyat hokimi hammasini olib borib qamashni buyurishiga qaramay, mahalliy mutasaddilar u fermerning qo‘ylarini ajratib qaytarib berishgan. Iye, qonun oldida hamma barobar emasmidi?!
«Qo‘y»ni «yo‘q» qilishni bilasizmi? Bilmasangiz, bilib oling!
Farg‘onadagi yo‘qolgan 65 bosh qo‘y bo‘yicha surishtiruvni davom ettirar ekanmiz, mutasaddilardan kimdir yuqoridagi topishmoq usulini qo‘llaganiga tobora ishonch hosil qilmoqdamiz. Axir 65 bosh qo‘y qo‘li uzunroq odam aralashmasa shunchaki yo‘qolib qolmaydi-ku!
Izsiz ketgan qo‘ylar izidan: kalavaning uchi viloyat hokimi tomon yetaklamoqda
Inson xato qildi, munosib jazosini oldi, jarimani to‘ladi va barcha zararni qopladi. Sud qarori ham bu holatni tasdiqlab turibdi. Endi uning yagona daromad manbai bo‘lgan jonivorlar qaytarilishiga nima to‘sqinlik qilmoqda? Nahotki biz sud qaroriga amal qilmay qo‘ydik? Qiziq, umuman o‘zi bu qo‘ylar tirikmi? Qayerda ular? Shuncha kundan beri ularni kim boqmoqda?