Qo‘ylar qaytarildi, adolat qaror topdi!
Hozirgina so‘nggi kunlarning eng shov-shuvli mojarosiga aylangan Oltiariqda yo‘qolgan qo‘ylar masalasi nihoyat ijobiy yakun topgani ma’lum bo‘ldi. Qo‘yboqarlarning biri va maqolalarning asosiy qahramoni bo‘lgan Hasanboy Yunusovning o‘zi qo‘ylari qaytarilganini bildirdi.
Hasanboy Yunusovning ma’lum qilishicha, andak ozishganini aytmasa, hamma qo‘ylari sog‘-salomat, to‘la-to‘kis. U qo‘ylari qaytarilishida ko‘mak bergan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.
Biz ham o‘z o‘rnida bu ishga bosh-qosh bo‘lgan barcha mutasaddilarga rahmat deb qolamiz. Zero, bir insonning daromad manbaidan ajralishi butun oilaning, mahallaning va hatto o‘sha hududning ijtimoiy vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini to‘g‘ri anglay bilish juda muhim.
Xabar to‘ldirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter