
Prezident Yakkasaroydagi mahallada bo‘ldi (foto)
Dilbuloq mahallasida 6 ming 700 nafardan ziyod aholi yashaydi. Mahalla xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uch yuzga yaqin savdo, sanoat va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida mahalliy yoshlar va ayollar ishlamoqda.

Yakkasaroyga prokuror tayinlandi
Shamshiyev Bekzod Ravshanbekovich Toshkent shahar Yakkasaroy tumani prokurori etib tayinlandi.

Yakkasaroy tumaniga yangi hokim tayinlandi
Shu kunga qadar Toshkent shahar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida ishlab kelgan Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

«Moviy gumbazlar»dagi «qirg‘in»: hokimlik izoh berdi
Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.

Yakkasaroyda yarim tunda qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, Do‘stlik bog‘i yaqinida yarim tunda daraxtlar kesilganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Yakkasaroy hokimligining bosh yuriskonsulti qo‘lga olindi
Tadbirkorning 1 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan yuriskonsult ushlandi.

Yakkasaroyda piyoda ikki mashina tagida qolib ketdi
2022-yilning 5-iyul kuni soat taxminan 00:05 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Yakkasaroyda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
Bugun, 13 dekabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Toshkentda yangi yo‘l va yo‘l o‘tkazgichlar ochildi (foto)
Shu tariqa, Sergeli tumanidan shahar markaziga yetib borish vaqti oldingi 40-50 daqiqa o‘rniga 20 daqiqani tashkil qiladi.

Yakkasaroyda «Lacetti» YTHga uchrab yonib ketdi. Haydovchi va bir yo‘lovchini qutqarish imkoni bo‘lmagan
Shota Rustaveli ko‘chasida haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan Sh.N. «Lacetti» rusumli avtomobilda harakatlanayotib ushbu ko‘chada joylashgan «Anjir» restorani ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi yoritish chirog‘i ustuniga urilgan.

Yakkasaroy tumanidagi sintepon ishlab chiqaruvchi sex yonib ketdi
Poytaxtning Yakkasaroy tumani Qushbegi massivida joylashgan sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi.

Yakkasaroy tumanida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
2021-2022-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik rejasiga asosan Yakkasaroy tumani, Qushbegi mavzesi oldidagi D-200 mm, D-150 mm bo‘lgan ichimlik suv tarmog‘i yopqichlari almashtiriladi.

Tanish qizining intim fotolarini tarqatish bilan qo‘rqitib pul olgan yigit sudga tortildi
2020-yilning 16-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi ochiq sud majlisida tovlamachilik jinoyatini sodir etganlikda ayblangan fuqaroga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqilib, hukm o‘qildi.

Qo‘shmachi yigitga jazo tayinlandi
Tan olaylik, oxirgi paytlarda qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlagan ayollar haqida ko‘p gapirilmoqda, shunday jinoyat sodir etganlari tegishli tartibda jazoga tortilayotgani ham bor gap. Erkak kishi bo‘la turib qo‘shmachilik qilsa-chi...

Koronavirusga chalingan 80 yashar ayol olamdan o‘tdi
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli V.X. (ayol)da joriy yil 18 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Yakkasaroy tuman prokurori N.Allabergenova «81 ta daraxt voqeasi» sabab «hayfsan» oldi
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasida 81 ta daraxt kesilgani va aybdorlar qariyb 2 mlrd jarima to‘lagani xabar berilgandi.

Yakkasaroy tumani hokimi o‘zgardi
Bu tayinlov 2018-yilning 6-oktyabr kuni Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida amalga oshirildi.

Yapon imperatori taqdirlagan o‘zbek go‘rkovi
«Yaponiya imperatori imperator saroyida O‘zbekiston fuqarosi Fozilov Miroqilni kunchiqar quyosh va kumush nurlari ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida muhr qo‘ydi», — deb yozilgandi. O‘zbekistonlik go‘rkov, ota ishining davomchisi chiroyli va sharafli mehnati tufayli yapon imperatorining nufuzli mukofotiga munosib ko‘rilgan edi. Ordenni taqar ekan, elchi janoblari cho‘kkalab, Miroqil otaning oyog‘ini o‘pmoqchi bo‘ldi. «Nima qilayapsiz?», — deb darhol uni ko‘tarib oldi Miroqil ota.