Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkasaroyda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Yakkasaroyda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 13-dekabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Raqamli texnologiyalar  o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Markazda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar «Veb-dasturlash», «Baskend dasturlash», «Mobil ilovalar yaratish», «Ingliz tili» va «Mobil robototexnika» kabi kurslarni mukammal o‘rganishlari mumkin. Barcha kurslar yuqori toifali o‘qituvchi-dasturchilar tomonidan olib boriladi. IT-Markaz zamonaviy kompyuter va qo‘shimcha texnikalar bilan jihozlangan.

Ochilish marosimida Xalq ta’lim vazirining o‘rinbosari, Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hokim o‘rinbosari, Yakkasaroy tumani hokimi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, IT-park rahbariyati hamda ustoz-murabbiylar, o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida aholi va yoshlarda  kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga kompyuter dasturlash asoslari, robototexnika va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish keng yo‘lga qo‘yilgan.

Solijon Zoirov olgan suratlar

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring