Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkasaroyda «Lacetti» YTHga uchrab yonib ketdi. Haydovchi va bir yo‘lovchini qutqarish imkoni bo‘lmagan

Yakkasaroyda «Lacetti» YTHga uchrab yonib ketdi. Haydovchi va bir yo‘lovchini qutqarish imkoni bo‘lmagan

Bugun, 10 oktyabr kuni soat 21:00 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan Sh.N. «Lacetti» rusumli avtomobilda harakatlanayotib ushbu ko‘chada joylashgan «Anjir» restorani ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi yoritish chirog‘i ustuniga urilgan.

To‘qnashuv oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in bartaraf qilingan.

Hodisa natijasida haydovchi Sh.N. va bir nafar yo‘lovchi vafot etgan. 2 nafar yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB va YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, YTH sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring