Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkasaroyda yarim tunda qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi

Yakkasaroyda yarim tunda qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, Do‘stlik bog‘i yaqinida yarim tunda daraxtlar kesilganligi to‘g‘risida ma’lumot  kelib tushgan.

Shunga asosan Davlat ekologiya qo‘mitasi, Ekologik partiyasi faollari, Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi, Yakkasaroy tuman hokimligi, tuman prokuraturasi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida «VINERA TOWER» MChJ tomonidan qurilish qilish maqsadida hududdagi 2 tup qimmatbaho va 4 tup kam qimmatli bo‘lgan jami 6 tup daraxt tegishli ruxsatnomasiz, qonunchilikka zid ravishda boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazilganligi oqibatida daraxtlar nobud qilinganligi, shuningdek, qurilish uchun kotlovan qazilishi natijasida 4 tup daraxtning ildiziga shikast yetkazilganligi aniqlandi, deyiladi qo‘mita xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qimmatbaho daraxtlarni kesgan kompaniya 3,5 mlrd so‘m jarima to‘lagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring