«Buyuk Kelajak» ekspertlari tadbirkorlar platformasini tashkil etish taklifini berishdi
Toshkent xalqaro Vestminster universitetida Innovatsion rivojlanish vazirligi va «Buyuk Kelajak» ekspertlarining o‘zaro hamkorlik platformasini shakllantirish mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Nolish ham bir «kasb», tanqidchilik ham «sharaf»
Murojaatchilarning ma’lum bir qismi shu bugungi kun bilan umr o‘tkazadi, arzimas muammolarni yengolmay halak va eng g‘alatisi ularda boqimandalik kayfiyati mavjud. Davlat hammasini yechishi lozim, kimdir hoziroq kelib mening masalamni hal qilishi shart, degan fikrda yashashadi.
Prezident virtual qabulxonasi: endi onlayn rejimda savollarga javob olish mumkin
Ayni paytda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar — jami 94 tashkilot va idoralarning yuqori malakali, professional mutaxassislari mazkur modulda birlashtirilmoqda. Ularning aksariyati 15 fevral kuni pm.gov.uz sayti orqali ish faoliyatini boshladi.
Prezident virtual qabulxonasiga xorijiy mamlakatlardan ham murojaat yo‘llash mumkin bo‘ladi
Ayni paytda bu imkoniyatdan faqat O‘zbekiston aholisi foydalanmoqda. Chet eldan yuborilayotgan murojaatlar xat va telefon qo‘ng‘irog‘i orqali qabul qilinmoqda.
Andijonda 23 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi
«Bu yorug‘ dunyoga kelgan kundan boshlab onalik mehrini tuymagan mitti bolakay issiqqina to‘shakchasida mazza qilib uxlash o‘rniga, qishning sovuq kunlarida ko‘chama-ko‘cha izg‘ishga maxkum bo‘ldi. Balki mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan eltib qo‘yilgan uyning issiqqina xonasida, u ilk bora xotirjam uyquga ketgandir».
Prezident virtual qabulxonasida endi soxta raqamlar va murojaatlarga yo‘l qo‘yilmaydi
Shu paytga qadar ayrim murojaatchilar tomonidan murojaat yuborish jarayonida boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki umuman mavjud bo‘lmagan telefon raqamini ko‘rsatish, boshqa fuqarolar nomidan murojaat yuborish holatlari uchrab turardi.
«Portal»ga yozganlarni ta’qib qiluvchilar nazoratga olinadi
Bugundan sinov tariqasida ish boshlagan virtual qabulxonadagi yana bir yangilik — murojaatchilarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida «Ta’qib haqida xabar» moduli joriy qilingani bo‘ldi.
Mutlaqo qulay va oson. Prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini
Mazkur tizimning asosi bo‘lgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi.
Prezident Mirziyoyev missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisini qabul qildi
Prezidentning «Telegramm»dagi rasmiy kanalida yozilishicha, qabul elchining mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan tashkil qilingan.
Qahramon o‘g‘ilni hamon kutayotgan mushtipar ona haqida mungli hikoya
Mana o‘n yetti yildirki onaxon uyidan harbiy libosda chiqib ketgan o‘g‘lini kutadi. Mana o‘n yetti yildirki farzandi vafot etgan vaqtida undan ortda qolgan, lekin otasini ko‘rishga ulgurmagan o‘sha paytdagi bir yarim yoshli qizaloq — bugun 19 yoshga kirgan o‘g‘liga quyib qo‘yganday o‘xshaydigan nabirasi bilan ovunib kenjatoyini kutadi.
«Portal»dagi ariza va murojaatlarni internet orqali tarqatayotganlar uchun javobgarlik bormi?
Inson ariza yozish uchun ming istihola qiladi. Boshi devorga urilgach, sarsongarchiliklarni ko‘rgach, nohaqlikka duch kelgach, ariza yoki shikoyat yozadi. Lekin ularning shaxsiy masalalarini elga oshkor qilish yaxshimi? Buning uchun ham javobgarlik bormi qonunchilikda?»
Prezidentning yangilangan virtual qabulxonasi joriy etiladi
Aholiga onlayn maslahat berish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan virtual qabulxonasi joriy etiladi.
Prezident virtual qabulxonasiga yuborilgan murojaat sababsiz tugatilishi mumkinmi?
Mana shunday vaziyatda mansabdor shaxs tushuntirish xati yozib ketishni aytib, chaqirsa, biz ishda bo‘lsak yoki biror sabab bilan ushbu xatni yozolmay qolsak, tushuntirish berishni rad etdi deb, murojaatni yopib yuborishi mumkinmi?
Oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz qabul qilish tartibiga o‘zgartish kiritildi
Qarorda olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalari g‘oliblarining oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz kirish imkonini beruvchi individual va jamoa turlari ro‘yxatiga aniqlik kiritildi.
AKT vaziri virtual qabulxonasiga «1199» qisqa raqami biriktirildi
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri virtual qabulxonasiga «1199» qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkin.