«Portal»ga yozganlarni ta’qib qiluvchilar nazoratga olinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishlab chiqilib, bugun, 1 fevral kuni test rejimida ishga tushirilishi haqida xabar bergan edik.
Bugundan sinov tariqasida ish boshlagan virtual qabulxonadagi yana bir yangilik — murojaatchilarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida «Ta’qib haqida xabar» moduli joriy qilingani bo‘ldi.
Agar kimda-kim ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilgani tufayli ta’qibga uchraydigan bo‘lsa, bu haqda maxsus tugma orqali tezkor xabar berishi mumkin. Bunday xabarlar huquqni muhofaza qilish organlarini jalb etgan holda ustuvor va tezkor ravishda ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter