AKT vaziri virtual qabulxonasiga «1199» qisqa raqami biriktirildi
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri virtual qabulxonasiga «1199» qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkin.
Aholidan aloqa sohasiga oid shikoyat va murojaatlarni tezkor qabul qilish hamda qulaylik tug‘dirish maqsadida respublikamizning barcha viloyatlaridan «1199» qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yaratildi. Ushbu qisqa raqamga tushayotgan qo‘ng‘iroqlar «O‘zbektelekom» AKning Call-center xizmatiga yo‘naltiriladi va uning uzluksiz ishlashi ta’minlanadi.
Shu vaqtga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga uch usulda: murojaat.mitc.uz elektron manzili, (0-800) 200-41-07 telefon raqami hamda «O‘zbektelekom» AK savdo ofislari orqali sohaga oid ariza, shikoyat yoki takliflarni yuborish imkoni mavjud edi. Endi ular qatoriga «1199» qisqa raqami ham qo‘shildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter