Farg‘onada hokimlik xodimlari qimor o‘ynayotgani aks etgan surat tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman hokimi yordamchisi va moliya bo‘limi boshlig‘i ekani aytilgan shaxslarning xizmat xonasida qimor o‘ynayotgani aks etgan surat tarqaldi.
Farg‘onada fermerlardan yer tortib olinmoqda. Vaziyatga Adliya vazirligi aralashdi
Uchko‘prik tumanida fermerlar hokimiyat binosiga chaqirilib, o‘z yerlaridan «ixtiyoriy» voz kechish yuzasidan ariza rasmiylashtirilganligi aniqlandi.
Farg‘ona viloyatidagi tumanga yangi hokim tayinlandi
Avvalgi hokim Akmaljon Mahmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Navoiy hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
U 2018-yilning 14-iyun kunidan boshlab tayinlovga qadar Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Uchko‘prik tumanida qurilayotgan Yengil sanoat va logistika markaziga bordi (foto)
Prezident viloyatga avvalgi tashrifi chog‘ida tadbirkor ayollar bilan suhbatlashib, ular uchun zamonaviy majmua qurilishiga va’da bergan edi.
«Chopib tashlayman» — bog‘cha hududida sodir bo‘lgan janjalga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Uchko‘prik tumanidagi bog‘cha hududida tuman bo‘limi mudirasining o‘g‘li 11-MTTning sobiq mudirasi va singlisini chopib tashlamoqchi bo‘ldi» sarlavhali videoxabar tarqalgan.
Farg‘onalik jurnalist hech kimga da’vosi yo‘qligini bildirdi – Bosh prokuratura
Farg‘onada «Ma’rifat» gazetasining viloyat muxbiri Sharifa Madrahimova mahalliy hokimiyat va IIB bosimiga uchragani ma’lum qilingandi.
Farg‘onada jurnalistga bosim o‘tkazgan hokim kotibi ishdan olindi
«Ma’rifat» gazetasining Farg‘ona viloyati maxsus muxbiri Sharifa Madrahimovaning faoliyatiga to‘sqinlik qilib, unga bosim o‘tkazgan Uchko‘prik tumani hokimi kotibi Shohjahon Mo‘ydinov vazifasidan ozod etildi.
Muhammadjon Obidov «ikki o‘t orasida»mi?
Farg‘onalik jurnalist Sharifa Madrahimova Uchko‘prik tumani hokimligi vakili va IIB xodimining bosimiga uchragani, holat bo‘yicha prokuratura surishtiruv boshlaganidan xabardorsiz. Endi surishtiruv natijalarini kutish qoldi, xolos. Biroq voqealar jarayonida «tishga tegadigan» bir holat borki, shu haqda ikki og‘iz so‘z aytish lozimday.
Farg‘onada jurnalist bosimga uchradi. Prokuratura holatni o‘rganishga tushdi
Farg‘onalik jurnalist Sharifa Madrahimova mahalliy hokimiyat va IIB bosimiga uchradi. Bu haqda jurnalistning o‘zi ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilgan.