«Chopib tashlayman» — bog‘cha hududida sodir bo‘lgan janjalga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Uchko‘prik tumanidagi bog‘cha hududida tuman bo‘limi mudirasining o‘g‘li 11-MTTning sobiq mudirasi va singlisini chopib tashlamoqchi bo‘ldi» sarlavhali videoxabar tarqalgan. Mazkur holat Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganilgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28-aprel kuni Uchko‘prik tumani Miltiqchi qishlog‘ida joylashgan 11-maktabgacha ta’lim muassasasiga yangi mudira tayinlanganligi sababli tanishtiruv jarayonida sobiq MTT mudirasi M.A, uning onasi M.Q va singlisi Q.M hamda tuman MTT boshlig‘i G.X o‘rtalarida janjal kelib chiqib, M.Q tomonidan G.X ga tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur janjalga G.X ning o‘g‘li A.X aralashib, M.Q, M.A va Q.M.lar bilan janjallashib, avtomashinasi yukxonasida bo‘lgan chopqi (dastkalla) bilan onasini yana bezovta qilishsa, shu bilan chopib tashlashini bildirib, tahdid qilgan.
Holat shu kunning o‘zida tuman IIB tomonidan o‘rganilib, birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilgan va tomonlarning jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
O‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosalarida fuqaro G.X va A.X (erkak)lar YeNGIL, M.Q sog‘ligini buzulishiga olib kelgan YeNGIL shikastlar olganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro M.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan, fuqaro A.X ga nisbatan 109-moddasi 2-qismi (qastdan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari o‘tkazishga kirishilgan.
Tergov yakuniga ko‘ra ishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter