O‘zbekistonlik qilichboz yigitlar oltin medalni qo‘lga kiritdi
Toshkentda qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy dasturda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Unga ko‘ra, turnirda o‘zbekistonlik yigitlar oltin, qizlar esa bronza medali sohibiga aylanishdi.
Yigitlar jamoasi yarim finalda BAA, finalda Slovakiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Qizlar esa final ostonasida Ruminiyaga imkoniyatni boy berib, bronza medali uchun bahsda Qozog‘iston jamoasini mag‘lub qildi.
Yigitlar:
1. O‘zbekiston
2. Slovakiya
3. Qozog‘iston
Qizlar:
1. Ruminiya
2. Moldova
3. O‘zbekiston
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter