Ulug‘bek Rashitov navbatdagi yutuqni qo‘lga kiritdi
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha «Katta dubulg‘a» musobaqasi final bosqichining ilk kuni yakunlandi.
Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu medalga -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Tokio-2020 Olimpidasi chempioni Ulug‘bek Rashitov mualliflik qildi. Hamyurtimiz finalda eronlik Doniyol Bozorg‘ishobdan ustun keldi.
-68 kg:
Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston)
Doniyol Bozorg‘ishob (Eron)
Rizo Kalgor (Eron)
Eslatib o‘tamiz, avval Rashitov dekabrda Saudiya Arabistonida taekvondo WT bo‘yicha yilning yakuniy Gran-pri musobaqasida kumush medal olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter