Ulug‘bek Rashidov Jahon chempionatida yutqazib qo‘ydi
Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov Meksikaning Gvadalaxara shahrida bo‘lib o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz qatnashdi.
-68 kg vazn toifasida u dastlab Puerto-Riko vakilini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Ammo chorak finalda kutilmaganda ozarbayjonlik Javod Agayevga yutqazib qo‘ydi va jahon chempionatini medalsiz yakunladi.
Ushbu vazn toifasida quyidagilar sovrindor bo‘lishdi:
Do-Yun Kvon (Koreya Respublikasi) — oltin
Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) — kumush
Javod Agayev (Ozarbayjon) — bronza
Rizo Kalxor (Eron)— bronza
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida kecha ikki vakilimiz sovrindor bo‘lishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter