Ulug‘bek Rashidov tarixiy natija qayd etdi
Ulug‘bek Rashidov — ketma-ket ikki bor Gran-Pri turnirida g‘olib bo‘lgan ilk o‘zbek taekvondochisi bo‘ldi.
Parij shahrida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kuni O‘zbekiston milliy jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashidov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U murosasiz kechgan final jangida braziliyalik Edivak Pontes ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Rashidov bu bilan ketma-ket ikki bor Gran-pri turnirida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek taekvondochisiga aylandi. Ulug‘bek 3 oy avval Rim Gran-prisida ham zafar quchgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter