Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«The Guardian» 2020-yilning eng yaxshi futbolchisini aniqladi

«The Guardian» 2020-yilning eng yaxshi futbolchisini aniqladi

Foto: «Football Addict»

Myunxenning «Bavariya» klubi va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Angliyaning «The Guardian» nashri tomonidan 2020-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Nashr reytingida «Barselona» sardori, argentinalik Lionel Messi — ikkinchi, «Yuventus»da to‘p suruvchi portugal yulduzi Krishtianu Ronaldu — uchinchi o‘rinda.

2020-yilning eng yaxshi futbolchilari (top-10):

  1. Robert Levandovski — «Bavariya»; Polsha
  2. Lionel Messi — «Barselona; Argentina
  3. Krishtianu Ronaldu — «Yuventus»; Portugaliya
  4. Kevin de Bryuyne — «Manchester Siti; Belgiya
  5. Sadio Mane — «Liverpul»; Senegal
  6. Erling Holand — «Borussiya» D; Norvegiya
  7. Kilian Mbappe — «PSJ»; Fransiya
  8. Muhammad Salah — «Liverpul»; Misr
  9. Neymar — «PSJ»; Braziliya
  10. Virjil van Deyk — «Liverpul»; Niderlandiya.

Kuchli o‘nlikda bittayam ingliz futbolchisi yo‘q.

Robert Levandovski 2020-yilda «Bavariya» bilan Germaniya chempionati va kubogi hamda Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. O‘tgan hafta FIFA polshalik forvardni 2020-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring